Fransiya Falastin davlatini tan olmoqchi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sentabr oyida Falastin davlatini rasman tan olishini e’lon qildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Bu bilan Fransiya BMT Xavfsizlik Kengashi va «G7» guruhidagi ilk davlat sifatida bu qadamni tashlamoqda. Makronning bu qarori G‘azo sektoridagi og‘ir gumanitar inqiroz fonida yangradi.
Isroil buni keskin tanqid qilib, «terrorizmni mukofotlash» deb atadi. AQSh ham qarorni rad etdi. Hamas esa bu e’londi «ijobiy qadam» deb qabul qildi.
Fransiya uzoq yillardan buyon ikki davlatli yechim tarafdori bo‘lib kelgan. Tan olish qarori G‘arbdagi boshqa davlatlarni ham shunga undashi mumkin. Biroq hozircha bu qadam G‘azodagi vaziyatni darhol o‘zgartirishi ehtimoldan yiroq.
Eslatib otamiz, avvalroq Sloveniya Falastinni tan olgan edi.