Galaxy S25 Ultra ishlab chiqarish xarajatlari oshgani narxiga ta’sir ko‘rsatadimi

25-iyul 2025 17:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung
Samsung Galaxy S25 Ultra ishlab chiqarish xarajatlari oshgani narxiga ta’sir ko‘rsatadimi / Foto: Tobias Holm

Samsung Galaxy S25 Ultra smartfonining ishlab chiqarish xarajatlari avvalgi modellarga qaraganda yuqoriroq bo‘lgan. Gizmochina ma’lumotiga ko‘ra, 12 GB operativ va 512 GB doimiy xotirali versiya uchun materiallar qiymati (BoM) Galaxy S24 Ultra bilan solishtirganda 3,4 foizga oshgan.

Asosiy sabab Snapdragon 8 Elite chipi bo‘lib, uning narxi oldingi chipdan 21 foizga qimmatroq. Shuningdek, xotira modullarining narxi ham biroz oshgan. Bu esa narxlarning pasayish tendensiyasini to‘xtatdi.

Snapdragon 8 Elite / Foto: Overclockers

Biroq barcha qismlar qimmatlashgani yo‘q. Masalan, titan korpus narxi ishlab chiqarish optimallashtirilgani sababli 8 foizga arzonlashgan. OLED ekranlar ham bir necha foizga arzonroq bo‘lgan.

Samsung radio modullar xarajatlarini 10 foizdan ortiq qisqartirdi. Kompaniya ko‘p komponentli tizimlar o‘rniga yagona chipli yechimga o‘tgan. Kamera tizimi esa yangi 50 MP ultra keng burchakli sensor bo‘lishiga qaramay, 8 foizga arzonlashgan.

Samsung umumiy xarajatlar o‘sganiga qaramay, Galaxy S25 Ultra narxini avvalgidek saqlab qolgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung’ning eng yaxshi smartfonlari haqida yozgan edi.

Shuningdek