Google kompaniyasi avgustdan boshlab goo.gl havolalarini butunlay o‘chiradi

eʼlon qilindi
25-avgustdan boshlab
Google Android smartfonlarida ovozli yordamchi xizmatini oʻchirib qoʻyadi
Google kompaniyasi barcha goo.gl havolalarini butunlay o‘chiradi. Foto: Pexels.com

2025-yil 25-avgustdan boshlab goo.gl URL qisqartirish xizmati orqali yaratilgan barcha havolalar ishlashdan to‘xtaydi. Hatto platforma yopilishidan oldin yaratilgan havolalar ham 404 xatolikka olib keladi.

Ushbu xizmat 2019-yildan beri yangi havolalarni qabul qilmayotgan edi, ammo eski havolalar hali ham faol ishlab kelgan. Endi ular ham butunlay o‘chiriladi. Google nima uchun eski havolalarni o‘chirayotgani bo‘yicha izoh bermagan.

Avgust oyidan boshlab bunday manzillar orqali o‘tilganda havolaning tez orada ishlashdan to‘xtashi haqida ogohlantirish chiqadi.

Mazkur tozalash natijasida goo.gl havolalari ishlatilgan ko‘plab arxivlar, bloglar, maqolalar va pochta jo‘natmalari kontentning bir qismini yo‘qotishi mumkin. Shu sababli bunday resurslarga ega bo‘lgan foydalanuvchilarga havolalarni oldindan yangi manzillarga almashtirish tavsiya etilmoqda.

Bundan oldin Google qidiruv funksiyasini almashtirmoqchiligi haqida yozgandik.

Unga ko‘ra, kompaniya yangi Tell Me About This nomli SI funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu xizmat Gemini virtual yordamchisiga integratsiya qilingan.

Shuningdek