
Xitoyda yangi Leapmotor B01 elektromobili rasman savdoga chiqdi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
Model 6 xil komplektatsiyada taklif etiladi. Zaryadga qarab 430 km, 550 km va 650 km yurish imkoniyatiga ega.

Narxlar quyidagicha:
Model | Narxi (yuan) | Narxi (USD) |
---|---|---|
430 Comfort Edition | 90 ming | $15,3 ming |
550 Comfort Edition | 96 ming | $13,4 ming |
550 Enjoy Edition | 104 ming | $14,5 ming |
550 LiDAR Edition | 114 ming | $15,9 ming |
650 Enjoy Edition | 110 ming | $15,3 ming |
650 LiDAR Edition | 120 ming | $16,7 ming |
Avtomobil LEAP 3.5 arxitekturasi asosida yaratilgan. Uzunligi 4770 mm, kengligi 1880 mm, balandligi 1490 mm, g‘ildirak bazasi esa 2735 mmni tashkil etadi. Havo qarshilik koeffitsiyenti – 0.197 Cd. Modellarning og‘irligi 1550 dan 1711 kg gacha.
Smart funksiyalar Leapmotor Pilot tizimi orqali taqdim etiladi. U Qualcomm Snapdragon 8650 chipi asosida ishlaydi. 26 ta ilg‘or haydovchi yordamchisiga ega.

Asosiy versiyada 5 kamera va 12 ultratovushli radar bor. Yuqori versiyada 10 kamera, 12 radar, 3 mm-to‘lqinli radar va 128-qatorli lidar mavjud. Lidar 300 metr masofani ko‘radi.
Xaridorlar kulrang yoki binafsha rangli salonlardan birini tanlashi mumkin. Salonda 8.8 dyuymli panel va 14.6 dyuymli 2.5K sensorli ekran o‘rnatilgan. Tizim Leapmotor OS 4.0 Plus orqali boshqariladi. Chipga qarab Snapdragon 8155P yoki 8295P ishlatiladi. Sun’iy intellekt asosidagi ovozli yordamchi ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangilangan Leapmotor C11 taqdim etilgani haqida yozgan edi. Avtomobil 3-iyuldan boshlab Xitoy bozorida oldindan buyurtmaga chiqarilgan edi.