«Manchester Siti» Jeyms Treffordni 40 million funt sterlingga sotib oldi

eʼlon qilindi
Qayta sotib olish sharti bilan
Foto: BBC

«Manchester Siti» klubi «Byornli» jamoasi darvozaboni Jeyms Treffordni 40 mln funt sterlingga xarid qildi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.

«Byornli» bilan 40 million funt sterling qiymatida qayta sotib olish sharti bilan bitim tuzildi. Trafford «Man Siti»ga «ha» dedi, chunki Pep Gvardiola uni xohlayotgandi. «Nyukasl» ham Traffordning qaroridan xabardor qilingan,— deb yozdi Romano.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» Traffordni qaytarishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek