«Navbahor» futbol klubi transfer taqiqidan chiqdi

25-iyul 2025 21:28 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
«Navbahor» transfer taqiqidan chiqdi / Foto: Stadion

24-iyul kuni FIFA tomonidan «Navbahor» futbol klubiga qo‘yilgan transfer taqiqi bekor qilindi. Bu haqda PFL ma’lum qildi.

Bu chora Giorgi Nikabadzega o‘z vaqtida maosh to‘lanmagani sababli joriy etilgandi. Klub ushbu majburiyatni bajarganidan so‘ng, cheklov olib tashlandi.

Endilikda Navbahor ichki futbolchilar va sobiq murabbiylar oldidagi qarzlarini ham bartaraf etishi lozim. Ular bilan kelishuvga ko‘ra, qarzdorlik 1-iyulga qadar to‘lanishi kerak edi. Bu sana viloyat hokimi tomonidan berilgan kafolat xatida ham ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi 30-iyul kuni yopiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati chiptalarini sotib olish jarayoni 2025-yil 10-sentabrdan boshlanishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek