Olmaota viloyatida harbiy vertolyot bedarak yo‘qoldi

eʼlon qilindi
EC-145 rusumli harbiy vertolyot
Olmaota viloyatida harbiy vertolyot bedarak yo‘qoldi. Foto: Kursiv Media

Olmaota viloyatida EC-145 rusumli harbiy vertolyotni qidirish ishlari olib borilmoqda. Vertolyot «Lugovoye» aerodromidan uchib chiqqach, radardan yo‘qolgan. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, bortda uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

«Rejalashtirilgan parvoz davomida Qozog‘iston Qurolli kuchlari havo mudofaasi kuchlariga qarashli EC-145 vertolyotining radarlar bilan aloqasi uzilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda uch kishi bo‘lgan», — deyiladi rasmiy xabarda.

Qidiruv-qutqaruv ishlariga Mudofaa vazirligi bo‘linmalari va Favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlari jalb etilgan. Operatsiyada ikki qidiruv vertolyoti va yer usti guruhlari ishtirok etmoqda.

Mudofaa vaziri topshirig‘iga asosan hodisa yuz bergan deb taxmin qilinayotgan joyga maxsus komissiya yuborilgan va voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.

Avvalroq Rossiyaning Amur viloyatida An-24 samolyoti halokati natijasida barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgani haqida yozgandik.

Shuningdek