O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizgacha pasaydi

eʼlon qilindi
Birinchi yarim yillikda
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizgacha pasaydi / Foto: Presidentuz

Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yil boshidan xorijiy tajribalar asosida yangi yondashuvlar joriy qilinib, banklar mahallalarga biriktirildi. Natijada birinchi yarim yillikda 3 mln.dan ziyod fuqarolar daromadli mehnatga jalb qilindi. Kambag‘allik darajasi 6,8 foizgacha kamaydi.

Taqdimotda kasbiy ta’limning mehnat bozoriga mosligi, ish beruvchilar bilan hamkorlik, xususiy sektor ishtiroki va malaka oshirish tizimini rivojlantirish muhimligi qayd etildi. Ayni paytda mehnat munosabatlaridagi ba’zi cheklovlar, vakansiyalarni e’lon qilishdagi muammolar bozorni to‘liq tahlil qilishga to‘sqinlik qilayotgani bildirildi.

Yangi tartibga ko‘ra, bandlik organlari jazo emas, xizmat ko‘rsatuvchi hamkor sifatida ishlaydi. Ish beruvchilarga bo‘sh ish o‘rinlari haqida axborot taqdim etmaslik uchun jazo bekor qilinib, haqiqiy ma’lumotlar asosida ish izlovchilar yo‘naltiriladi. Ushbu tizim avval Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy qilinib, bosqichma-bosqich respublika bo‘ylab kengaytiriladi.

Shuningdek, «kasb vaucheri», bepul onlayn darslar va xususiy sektor ishtirokida ixtisoslashtirilgan markazlar orqali kasbiy ta’limni uch bosqichli tizim asosida tashkil etish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq so‘nggi 5 yilda o‘rtacha oylik ish haqi ikki baravarga oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek