Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila Andijonda sezildi

eʼlon qilindi
3 balli
Foto: albund / depositphotos.com

Bugun, 25-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:40:50 da Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila Andijonda ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, zilzila episentri Toshkentdan 284 km janubiy-g‘arbda bo‘lib, sezilish kuchi 3 ballni tashkil etdi.

Zilzilaning magnitudasi 3,6 ni tashkil etgan bo‘lsa, chuqurligi 15 km edi. Episentri Qirg‘izistonning Jalolobod shahri bo‘ldi.

Shuningdek, zilzila O‘zbekistonning Andijon viloyatidagi quyidagi uchta tumanida ham sezildi:

  • Paxtaobod tumanida 2-3 ball, 22 km;
  • Izboskan tumanida 2 ball,37 km;
  • Andijon tumanida 2 ball, 38 km;
  • Jalaquduq tumanida 2 ball, 42 km.

Episentrning aniq koordinatalari: 41,11 N, 72,61 E. Zilzila oqibatida jiddiy shikastlanishlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.  

Shuningdek