Yangiliklar

Ramzan Qodirov Bodrumda cho‘kib ketishiga bir baxya qoldi

Hozirda vaziyati yaxshi
Foto: kp.ru

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Turkiyaning Bodrum shahrida dam olayotgan vaqtda suvda cho‘kib ketishiga bir baxya qoldi. Bu haqda Haberler nashri xabar berdi.

Hodisa 24-iyul kuni tushdan keyin Kaynar hududidagi besh yulduzli mehmonxonalardan birining plyajida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qodirov suvga tushganidan so‘ng to‘satdan o‘zini yomon his qilgan. Mehmonxona xodimlari voqeani darhol payqab, tibbiy yordamga murojaat qilgan. Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan suvdan chiqarilgan Qodirovga plyajda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va u tez yordam mashinasida xususiy shifoxonaga olib ketilgan.

Shifoxonada kuzatuv ostida bo‘lgan Checheniston rahbarining sog‘lig‘i hozirda barqaror ekani bildirildi.

Voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa-da, Qodirov yaqinlari uning sog‘lig‘i yaxshi ekani, tez orada dam olishni davom ettirishi mumkinligini ma’lum qilishgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan may oyida Qodirov iste’foga chiqishi borasidagi mish-mishlarga izoh bergani haqida yozgandi.