Realme yangi 15 Pro va 15 smartfonlarini taqdim etdi

25-iyul 2025 11:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Realme
Realme yangi 15 Pro va 15 smartfonlarini taqdim etdi / Foto: Realme

Realme kompaniyasi tomonidan Realme 15 Pro va Realme 15 smartfonlari taqdim etildi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Taqdim etilgan ikkala model ko‘p jihatdan o‘xshash, farq esa protsessor va kameralarida seziladi. Realme 15 Pro modeli Snapdragon 7 Gen 4 chipi asosida ishlaydi. Ekrani OLED, 6,8 dyuymli va 144 Hz yangilanish tezligiga ega. Uchala kamera ham 50 megapikselli bo‘lib, asosiy kamera Sony IMX896 sensori bilan jihozlangan. Akkumulyator sig‘imi 7000 mA·soatni tashkil etadi.

Foto: Realme

Qurilma 80 Vatt quvvatda tez zaryadlanadi. Kompaniyaga ko‘ra, 1600 marta zaryadlashdan so‘ng ham batareya sig‘imining 80 foizi saqlanib qoladi. Qizig‘i, akkumulyator katta bo‘lishiga qaramay, qurilma yanada yupqalashgan bo‘lib, atigi 7,69 mmni tashkil etadi.

Foto: Realme / Realme 15 Pro
Realme 15 Pro va Realme 15 smartfonlari qanday narxda sotiladi / Foto: Realme / Realme 15

Realme 15 Pro to‘rtta variantda taqdim etilgan:

Xotira (RAM/ROM)Narxi (USD)
8/128 GB$335
8/256 GB$360
12/256 GB$380
12/512 GB$415

Realme 15 modelida ham xuddi shu ekran qo‘llangan. Biroq unda Dimensity 7300+ chipi ishlatiladi. Old kamera va asosiy modul 50 MP. Ammo ultra keng burchakli kamera 8 MP sensor bilan almashtirilgan. Qolgan texnik xususiyatlar Realme 15 Pro bilan deyarli bir xil.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Realme 15 va 15 Pro modellarining texnik xususiyatlari oshkor bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek