Rossiya raketasi Eron sun’iy yo‘ldoshini fazoga uchirdi – video

eʼlon qilindi
Yana 18 ta kichik qurilmani ham
Rossiya raketasi Eron sun’iy yo‘ldoshini fazoga uchirdi / Foto: AP News

Eron muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan «Nahid-2» aloqa sun’iy yo‘ldoshi Rossiyaning Vostochnyy kosmodromidan «Soyuz» raketasi yordamida fazoga uchirildi. Bu haqda Eron OAVlariga tayanib, Al Jazeera ma’lum qildi.

Raketa sun’iy yo‘ldosh bilan birga yana 18 ta kichik qurilmani orbitaga olib chiqdi. Eron Kosmik agentligi rahbari Xasan Salariehga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh ikki yil faoliyat yuritadi. Og‘irligi 110 kg bo‘lgan mazkur sun’iy yo‘ldoshning ishga tushirilishi Eronning fazo dasturidagi navbatdagi yutug‘i sifatida baholanmoqda.

Video: OAV

Sun’iy yo‘ldosh parvozi Eron va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi yadro muzokaralari arafasida amalga oshgani bilan ham e’tibor qozondi. G‘arb davlatlari bu kabi texnologiyalar Eronning harbiy salohiyatini kuchaytirishidan xavotirda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boeing AQShda $2,8 mlrd.lik sun’iy yo‘ldosh shartnomasini qo‘lga kiritgani haqida yozgan edik.

Shuningdek