Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishi bo‘yicha mehmonxona egasi 8 yilga qamaldi

eʼlon qilindi
Qolgan uchta fuqaro 3 yilga qamaldi
Foto: Inessa Papernayaning shaxsiy arxividan

2024-yil oktabr oyida Toshkentdagi «Karaman Palace» mehmonxonasida rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya is gazidan zaharlanib vafot etgan edi. Mazkur holat yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Yakkasaroy tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra, mehmonxona egasi 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud jarayonida aniqlanishicha, mehmonxonaga sifatsiz va texnik jihatdan yaroqsiz isitish qozoni o‘rnatilgan. Mazkur qurilmani sotgan ikki fuqaro va mehmonxonaning santexnigi ham aybdor deb topilib, har biri 3 yillik qamoq jazosi bilan jazolandi.

Yanvar oyida Inessa Papernayaning vafoti bo‘yicha ish doirasida to‘rt kishi qo‘lga olingandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qilgandi.

Mehmonxonada, rossiyalik jurnalisti bilan birga o‘zbekistonlik Xushnud Udekovning ham jasadi aniqlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Radchenkoning qonida karboksigemoglobin va sulfid vodorod (serovodorod) izlari topilgan. Papernayaning tanasida sulfid vodorod va karboksigemoglobindan tashqari, etil spirtining kichik konsentratsiyasi ham aniqlangan.

Shuningdek