O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida yo‘lovchilar oqimi yetti miliondan oshdi

«Uzbekistan Airports» kompaniyasi 2025-yilning olti oylik natijalarini e’lon qildi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hisobotga ko‘ra, xalqaro aeroportlar 7 mlndan ortiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgan, bu esa 2024-yilga nisbatan 10 foizga ko‘pdir. Parvozlar soni 12 foizga oshib, salkam 60 mingtaga yetgan.
Toshkent xalqaro aeroporti 4,5 mln yo‘lovchini qabul qilgan, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 18 foizlik o‘sishni anglatadi. Aviakompaniyalar soni 60 taga yetdi, yuk tashish hajmi esa 38 ming tonnadan oshiq bo‘lib, o‘tgan yil darajasida saqlanib qolgan.
Kompaniya o‘sish sabablarini yangi yo‘nalishlar, aviakompaniyalar va xizmatlar sifatining oshishi bilan izohladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways bortida chaqaloq dunyoga kelgan edi.