Yangilangan Geely EX5 elektromobili sotuvga chiqdi

25-iyul 2025 14:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Geely EX5
Yangilangan Geely EX5 elektromobili sotuvga chiqdi / Foto: CarNewsChina

Geely 2026-yilgi yangilangan Geely EX5 elektromobilini Xitoyda taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Krossoverning boshlang‘ich narxi 109 800 yuan ($15,3 ming) etib belgilandi. Avtomobil endi uzoqroq masofani bosib o‘tadi. Uning maksimal yurish masofasi 610 kmga teng.

Foto: CarNewsChina

Geely EX5 dastlab 2024-yil 5-iyul kuni Galaxy E5 nomi bilan Xitoyda taqdim etilgan edi. U 35 ta davlatda sotuvga chiqqan va Xitoyning eng ko‘p eksport qilingan A-segmentli elektromobiliga aylangan.

Yangi EX5’ning asosiy o‘zgarishi batareya tizimida bo‘lib, endi unda 49,5 kVt·soatli akkumulyator mavjud emas. Model 60,2 kVt·soat (530 km) va 68,4 kVt·soat (610 km) sig‘imli Geely ishlab chiqqan ShenDun turidagi LFP batareyalari bilan jihozlangan.

Foto: CarNewsChina

Avtomobil narxi o‘zgarishsiz qoldi — 109 800 dan 145 800 yuangacha ($15 mingdan $20 minggacha).

2026-yilgi EX5’ning osma tizimi ham yangilandi. Uning amortizatsiyasi 20% yaxshilangan.

O‘lchamlari 4615×1901×1670 mm bo‘lib, g‘ildiraklar bazasi 2750 mmni tashkil etadi. Oddiy modelda 15,4 dyuymli ekran, Flyme Auto OS tizimi, 6 ta dinamik va atrof ko‘rinishli kamera mavjud. Flagman modelda L2 darajadagi haydovchiga yordamchi tizimlar, isitiluvchi va massajli o‘rindiqlar, HUD displey va 16 ta Flyme Sound dinamiklar mavjud.

Foto: CarNewsChina

Old g‘ildirakka o‘rnatilgan 160 kVt (215 ot kuchi) quvvatli elektromotor tufayli avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 6,9 soniyada chiqadi. Maksimal tezlik — 180 km/soat.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangilangan Geely EX5 elektromobili qachon sotuvga chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek