Yangiliklar

Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin

Valyuta
Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan / Manba: Kumovya.com

Dam olish kunlari ayrim tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatlarini ko‘rsatuvchi shoxobchalar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Shuningdek, «24/7» rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan bankomatlar orqali ham istalgan vaqtda valyuta ayirboshlash mumkin.

Avvalroq Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan davlatlar uchun 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirgani haqida yozgan edik.