
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tal’at Valievni O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimidan ozod etdi. U jamoat xavfsizligi masalalari o‘rinbosari bo‘lgan.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi qarori bilan Xavfsizlik kengashi apparatining yana ikki xodimi lavozimidan bo‘shatildi.
Baxtiyor Mahmudov inson huquqlari va xalqaro gumanitar hamkorlik bo‘yicha majburiyatlarni bajarishni ta’minlash sektori rahbari hamda Shovkiddin Qarshiyev davlat chegarasi xavfsizligi va favqulodda vaziyatlardan hududlarni himoya qilish sektori bosh maslahatchisi lavozimlaridan ozod qilingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Sardor Umrzoqov yangi lavozimga tayinlangani haqida yozgan edi.