Gadjetlar

Samsung Galaxy Z Fold7 va Flip7 savdosi boshlandi – narx

Hozircha 49 ta davlatda
Samsung Galaxy Z Fold7
Samsung Galaxy Z Fold7 va Flip7 savdosi boshlandi / Foto: Samsung

Samsung Galaxy Z Fold7, Galaxy Z Flip7 va Flip7 FE rasmiy ravishda 49 mamlakatda savdoga chiqdi. Ularni Samsung rasmiy sayti yoki hamkor do‘konlaridan xarid qilish mumkin. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Modellar 9-iyulda taqdim etilgandi. Endilikda esa jahon bo‘yicha keng savdosi boshlandi. Tez orada yana 110 mamlakatda sotuvlar yo‘lga qo‘yiladi.

Galaxy Z Fold7 va Flip7 modellari oldindan buyurtma bosqichida Janubiy Koreya, Hindiston va Yevropada juda mashhur bo‘lgan.

Shuningdek, bugun yangi Galaxy Watch8 va Watch8 Classic aqlli soatlari ham savdoga chiqdi. Watch8’ning 40 mm va 44 mm o‘lchamdagi versiyalari grafit va kumush ranglarda taklif qilinmoqda. Watch8 Classic esa 46 mm hajmda qora va oq ranglarda mavjud.

Narxlar quyidagicha:

Samsung Galaxy Z Flip7 narxlari

XotiraAQSH ($)Buyuk Britaniya (£)Yevropa (€)
12GB / 256GB$1,100£1,050€1,200
12GB / 512GB$1,220£1,150€1,320

Samsung Galaxy Z Fold7 narxlari

XotiraAQSH ($)Buyuk Britaniya (£)Yevropa (€)
12GB / 256GB$2,000£1,800€2,100
12GB / 512GB$2,120£1,900€2,220
16GB / 1TB$2,420£2,100€2,520

Samsung Galaxy Z Flip7 FE narxlari

XotiraAQSH ($)Buyuk Britaniya (£)Yevropa (€)
8GB / 128GB$900£850€1,000
8GB / 256GB$960£910€1,060

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Yangi Samsung Galaxy A07 smartfoni haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.