Yangiliklar

Yangi Samsung Galaxy A07 smartfoni haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Qurilma Google Play Console bazasida paydo bo‘ldi
Samsung Galaxy A07
Yangi Samsung Galaxy A07 smartfoni taqdim etiladi / Foto: Trashnox

Samsung yangi avloddagi eng arzon smartfonlaridan biri – Samsung Galaxy A07 modelini tayyorlamoqda. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda. Qurilma Google Play Console bazasida paydo bo‘ldi.

Smartfonning asosiy texnik xususiyatlari haqida ham ilk ma’lumotlar tarqaldi.

Smartfon Android 15 operatsion tizimi bilan ishlaydi. Ekranining aniqligi 1600 × 720 piksel. Qurilma 6 GB tezkor xotira va MediaTek Helio G99 protsessori bilan jihozlanadi.

Foto: Google Play Console

Galaxy A07 dizayni oddiy bo‘lib, old kamera tomchisimon shaklda joylashgan. Orqa panelda esa ikkita sensorli asosiy kamera bo‘ladi.

Taxminlarga ko‘ra, Galaxy A07 Galaxy M07 modelining boshqa nomdagi versiyasi bo‘lishi mumkin. Ularning model raqamlari faqat bitta harf bilan farq qiladi – SM-A075 va SM-M075.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Ultra smartfonining ishlab chiqarish xarajatlari avvalgi modellarga qaraganda yuqoriroq bo‘lgani haqida yozgan edi.