Qoraqalpog‘istondagi kondan gaz sizib chiqdi — video

eʼlon qilindi
Gaz tarkibida oltingugurt yoʻq bo‘lgan
Foto: Skrinshot

Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumanida joylashgan «Muynoq» gaz konida 26-iyul kuni burgʻilash ishlari davomida gaz sizib chiqishi qayd etildi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi munosabat beldirdi.

Bayonotga koʻra, voqea tuman markazidan uzoqda joylashgan «Uchsoy» hududidagi 5 ming metrga moʻljallangan birinchi quduqda sodir boʻlgan. 4,7 ming metr chuqurlikda bosim kutilgan darajadan yuqori boʻlgani sababli gaz yer yuzasiga chiqib ketgan.

Vazirlik barcha xavfsizlik qoidalari asosida quduqni likvidatsiya qilish va bosimni bartaraf etish ishlari olib borilayotganini bildirdi. Hodisa joyida «Oʻzbekneftgaz» AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «Oʻzbekgeofizika» AJ hamda mahalliy hokimiyat vakillari doimiy nazorat olib bormoqda.

«Eng asosiysi, ushbu quduq aholi yashash joyidan uzoqda va gaz tarkibida oltingugurt yoʻq boʻlgan toza metan hisoblanadi. Qayd etish joizki, Ustyurt hududidagi barcha konlardan olinadigan tabiiy gaz tarkibida oltingugurt uchramaydi», — deya qayd etdi. Energetika vazirligi.

Hech kim tan jarohati olmagan. Rasmiylar holatni nazoratga olinganini bildirar ekan, fuqarolardan vahimaga berilmaslikni soʻrashdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi omborxonadan kimyoviy modda sizib chiqqani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek