Samarqanddan Xabarovskga toʻgʻridan toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyildi

eʼlon qilindi
Haftaning har payshanba kuni
Foto: Centrum Air

Centrum Air aviakompaniyasi Samarqanddan Rossiyaning Uzoq Sharqida joylashgan Xabarovsk shahriga toʻgʻridan toʻgʻri muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda Samarqand aeroporti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi reyslar haftaning har payshanba kuni amalga oshiriladi. Uchish vaqti – 23:15 da Samarqanddan, Xabarovskka yetib borish vaqti – 11:15 (har ikki aeroport vaqti boʻyicha mahalliy vaqt koʻrsatilgan).

Parvozlar uchun chipta narxlari yoʻnalishga qarab farqlanadi. Samarqanddan Xabarovskga reyslar narxi 5 million soʻmdan, qaytish yoʻnalishi esa 4,2 million soʻmdan boshlanadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Rossiya aviaqatnovlarni haftasiga mingtadan oshirishi haqida xabar bergan edi.

Kelishuvga ko‘ra, haftasiga Toshkent – Moskva yo‘nalishida 100 ta, Samarqand – Moskva 46 ta, boshqa shaharlar bo‘yicha jami 560 dan ortiq reyslar bajariladi.

Shuningdek