Toshkentda piyodalar oʻtish joylariga YPX robotlari qoʻyiladi — video

eʼlon qilindi
Loyiha 2025-yilning oʻzida ishga tushirilishi kutilmoqda
Skrinshot: Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Toshkent shahrida piyodalar oʻtish joylariga kamera bilan jihozlangan yoʻl harakati xavfsizligi robotlari oʻrnatilishi rejalashtirilmoqda.

Rasmiylarning taʼkidlashicha, robotlar harakatlanish imkoniyatiga ega boʻlib, ular svetoforli va svetoforsiz, tartibga solinadigan va tartibga solinmaydigan piyodalar oʻtish joylarida ham samarali ishlaydi. Ular kameralar yordamida haydovchilarning piyodalarga yoʻl bermaslik yoki qizil chiroqda oʻtish holatlarini aniqlab, avtomatik tarzda jarimalarni rasmiylashtiradi.

Video: Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Loyiha 2025-yilning oʻzida ishga tushirilishi kutilmoqda. Ayni vaqtda robotlar dizayni va funksional imkoniyatlari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, ularning harakatdagi moslashuvchanligi doimiy kuzatuv kamerasi oʻrnatilmagan hududlarda ham tartibni nazorat qilishga imkon beradi.

Hozircha tizim faqat haydovchilarning qoidabuzarliklarini aniqlashga qaratilgan. Piyodalar tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilishiga nisbatan choralar koʻrish mexanizmi joriy etilishi haqida maʼlumot yoʻq.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan rafiqasining 106 ta jarimasini bekor qildirgan YPX rahbari ishdan olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek