Toshkentdagi 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay toʻxtatildi – hokimlik

eʼlon qilindi
Shuningdek, elektr ta’minotidan uzildi
Foto: Kursiv / Roman Fedotov

Toshkentda hujjatlarsiz boshlangan 59 ta qurilish obyekti toʻliq toʻxtatildi va elektr ta’minotidan uzildi. Hokimlik ma’lumotiga koʻra, ayrim quruvchilar ruxsatnomalarsiz ishlarga kirishgan va ba’zilari noqonuniy uy-joy savdosi bilan shugʻullangan.

Qayd etilishicha, eng koʻp holatlar Yangihayot (17 ta), Mirobod (8 ta) va Mirzo Ulugʻbek (7 ta) tumanlarida aniqlangan.

Hokimlik fuqarolarga mulk xaridida hujjatlarni sinchiklab tekshirish, norasmiy toʻlovlardan saqlanish va shubha tugʻilganda rasmiy Telegram-botga murojaat qilishni tavsiya etmoqda.

Tadbirkorlarga esa qurilishni boshlashdan oldin barcha hujjatlarni qonuniy rasmiylashtirish eslatildi. Hokimlik fuqarolar manfaatiga tahdid soluvchi harakatlarga nisbatan qat’iy chora koʻrishini bildirdi.

Avvalroq «Kursiv» uy-joy narxiga minimal chegara joriy etish taklif qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek