Yangiliklar

Yangilangan xorijiy valyutalarni ayirboshlash kurslari, qiymati $35 millionga teng Margilan City Mall & Residence loyihasi — 28-iyulning muhim yangiliklari

28-iyulning muhim yangiliklari
uzbekistan
28-iyulda sodir bo‘lgan xabarlar dayjesti / Foto: Lonely planet

Yangilangan xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish kurslari, umumiy qiymati $35 millionga teng Margilan City Mall & Residence loyihasi, 113 ta davlat orasida 13-o‘rinni egallagan O‘zbekiston sport delegatsiyasi – Kursiv Uzbekistan nashri 28-iyulda yuz bergan muhim voqealarni bitta materialga jamladi.

28-iyul kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkin

dollar
28-iyul kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkin / Foto: Depositphotos

Banklar 28-iyul kungi xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish kurslarini yangiladi. Kursiv Uzbekistan nashri eng yaxshi narxdagi xorijiy valyuta kurslari haqidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.

Sotib olish

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 610 so‘m«Davrbank», Xalq banki
EUR14 850 so‘m«NBU», «Tengebank»
RUB159 so‘m«Hayotbank»

Sotish

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 560 so‘m«Asakabank»
EUR14 650 so‘m«NBU»
RUB150 so‘m«Hamkorbank»

Margʻilonda qiymati 35 million dollarga teng Margilan City Mall qurilishi boshlandi

Foto: Fargʻona viloyati hokimligi

Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrida umumiy qiymati $35 millionga teng Margilan City Mall & Residence loyihasi qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, majmua tarkibida zamonaviy savdo markazi, atrium, bolalar maydonchalari, yerosti avtoturargohlari hamda 12, 14 va 16 qavatli uylarni oʻz ichiga olgan 785 xonadonli 11 ta turarjoy binosi barpo etilishi koʻzda tutilgan.

O‘zbekiston Germaniyada o‘tgan yozgi Universiadada tarixiy natija qayd etdi

Foto: Olamsport.com

O‘zbekiston sport delegatsiyasi Germaniyada bo‘lib o‘tgan 2025-yilgi Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida umumiy hisobda 15 ta medal qo‘lga kiritib, 113 ta davlat orasida 13-o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 4 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan yakunladi. Bu natija O‘zbekiston Universiada tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Medal keltirgan sport turlari qatoriga suzish, badiiy gimnastika, yengil atletika, taekvondo WT va dzyudo kiradi.

Germaniyada yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi

poyezd
Germaniyada yo‘lovchi poyezdi halokatga uchradi / Foto: EPA

Germaniyada 100 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan poyezd izidan chiqib ketdi. Bu haqda Al Jazeera xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, yuz bergan temiryo‘l halokati oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 50 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Ulardan 25 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.

Aqchako‘lda qayiq cho‘kishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

qayiq
Foto: Pinterest

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a va Beruniy tumanlari oralig‘ida joylashgan Aqchako‘l suv havzasida bir oilaning uch a’zosi cho‘kib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

23-iyul kuni Beruniy tumanining Do‘stlik mahallasida yashovchi 38 yoshli erkak turmush o‘rtog‘i, farzandlari va jiyanlari bilan dam olish maqsadida Aqchako‘lga borgan. U shaxsiy qayig‘ida suvga tushgan, biroq qayiq ko‘l o‘rtasiga yetganda ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan.

7,5 yilga qamalgan «Toshshahartansxizmat» sobiq rahbari yarim yilda ozod etildi

Foto: Kusherbayev telegram kanali

«Toshshahartansxizmat» AJ sobiq rahbari Anvar Joʻrayev va yana 19 kishiga oid jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasida koʻrib chiqildi. Sud birinchi instansiya qarorini oʻzgartirib, Joʻrayevga nisbatan 7,5 yillik ozodlikdan mahrum etish jazosini 4,5 yillik ozodlikni cheklash jazosiga almashtirdi.

Sud Joʻrayevga 3 yil davomida «Toshshahartansxizmat» tizimida rahbar yoki moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlashni taqiqladi. Shuningdek, unga yashash joyini nazorat organi ruxsatisiz tark etmaslik, Oʻzbekistondan chiqmaslik hamda ommaviy tadbirlarda qatnashmaslik kabi cheklovlar belgilandi. Qamoqqa olish ehtiyot chorasi bekor qilinib, u sud zalidan ozod etildi.

Dollar deyarli 70 so‘mga pasaydi

dollar
28-iyul kuni dollar kursi / Foto: Depositphoto

Bugun, 28-iyul kuni dollar kursi 67,39 so‘mga pasayib, 12 581,73 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Valyuta birjasi xabar bermoqda.

UzAuto Motors bank orqali avtomobil xaridiga oid shikoyatlarga munosabat bildirdi

ChatGPT yordamida yaratilgan

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet avtomobillarini tijorat banklari orqali xarid qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan UzAuto Motors kompaniyasi rasmiy munosabat bildirdi.

Kompaniya ma’lumotiga koʻra, 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas modellari uchun tijorat banklari orqali xarid qilishning yangi mexanizmi ishga tushirilgan. Bu tizim sinov tariqasida joriy etilgan boʻlib, xaridorlar tomonidan katta qiziqish uygʻotgani sababli doimiy asosda qoʻllanilmoqda.

Davlat organlarida ijro intizomi ustuvor vazifaga aylantiriladi

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, qonunlar va prezident hujjatlari ijrosini samarali nazorat qilish, hududlardagi islohotlar natijadorligini baholash va ijro intizomini mustahkamlash asosiy yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Samarqanddagi 12 qavatli bino sud qarori bilan buzilmoqda

Samarqanddagi 12 qavatli bino sud qarori bilan buziladigan bo‘ldi
Samarqanddagi 12 qavatli bino sud qarori bilan buziladigan bo‘ldi / Foto: Fergana Media

Samarqandda noodatiy konstruksiyadagi 12 qavatli binoni buzish boshlandi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro o‘ziga tegishli uyning bir qismini buzib, uning o‘rniga mehmonxona qurishni boshlagan. Biroq bu ishlar amaldagi shaharsozlik qonunchiligi talablari buzilgan holda

Endi paxta yetishtirish uchun olingan kreditlar qisman subsidiya bilan qoplanadi

Foto: Scott Olson / Getty Images

Hukumat qarori bilan joriy yil 24-iyulda paxta yetishtirishga ajratilgan kreditlarning foiz to‘lovlarini qisman subsidiya qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar to‘liq qaytargan qishloq xo‘jaligi subyektlariga foiz to‘lovlarining bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi.

Humo’ning olti oydagi sof foydasi 73 foizga o‘sdi

Foto: HUMO

Humo to‘lov tizimi shu yilning dastlabki olti oyi mobaynida 124,3 milliard so‘m sof foyda olgan. Bu kompaniya tarixidagi rekord natija bo‘ldi.

Shuningdek, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 52,4 milliard so‘mga ko‘p, ya’ni 73 foiz o‘sish demakdir.

Shotlandiyada Trampga tegishli zirhli golf mashinasi ko‘rinish berdi — foto

Foto: Stuart Wallace/Shutterstock

AQSh prezidenti Donald Tramp zirhlangan golf aravachasida ko‘rinish berdi. Yangi transport vositasi o‘q o‘tmas oynalar bilan jihozlangani aytilmoqda. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan haftaning muhim yangiliklari haqida yozgan edi.