Shotlandiyada Trampga tegishli zirhli golf mashinasi ko‘rinish berdi — foto

eʼlon qilindi
Golf Force One ilk bor namoyish etildi
Foto: Stuart Wallace/Shutterstock

AQSh prezidenti Donald Tramp zirhlangan golf aravachasida ko‘rinish berdi. Yangi transport vositasi o‘q o‘tmas oynalar bilan jihozlangani aytilmoqda. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.

Foto: Stuart Wallace/Shutterstock

Trampning xavfsizlik xizmati unga qilingan suiqasd urinishidan 10 oy o‘tib, Shotlandiyadagi Turnberry golf maydonida kuchli zirhlangan yangi golf aravachasini — Golf Force One’ni ilk bor namoyish etdi.

Foto: Stuart Wallace/Shutterstock

Oq rangli odatiy aravachada golf o‘ynagan prezident ortidan kuzatib borgan qora rangli zirhlangan transport vositasi xavfsizlik choralarining kuchayganidan darak bermoqda. Mutaxassislar bu maxsus vosita AQSh prezidentining mashhur limuzini — The Beast uslubida modifikatsiya qilinganini taxmin qilmoqda.

Foto: Stuart Wallace/Shutterstock

Britaniyalik zirhli avtomobillar eksperti Gari Relfning so‘zlariga ko‘ra, aravachaning old oynasi, yon panellari va orqa qismi uni albatta zirhlanganini ko‘rsatadi.

«Bu himoyaviy maqsadga mo‘ljallangan, ichki qismlari armatura bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin», — dedi u.

AQSh Maxfiy xizmati bu vosita Trampning xavfsizlik rejasiga kiradimi-yo‘qmi, rasman tasdiqlamagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp o‘ziga qarshi ochilgan federal ishlarning 75 foizida yutqazgani haqida yozgandi.

Shuningdek