Formula-1. Oskar Piastri Belgiyada g‘alaba qozondi
eʼlon qilindi
Ikkinchi o‘rinni ham “McLaren” a’zosi Lando Norris egalladi

Kecha Belgiyaning Spa shahrida joylashgan «Spa-Frankorsham» avtodromida 2025-yilgi Formula-1 mavsumining 13-bosqichi Belgiya Gran-prisi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada «McLaren» jamoasi vakili Oskar Piastri birinchi bo‘lib marrani bosib o‘tdi va poyga g‘olibiga aylandi. Uning jamoadoshi Lando Norris esa ikkinchi o‘rinni egalladi. Podiumning uchinchi pog‘onasiga esa «Ferrari» piloti Sharl Lekler ko‘tarildi.
Chempionat yetakchisi «Red Bull» jamoasining asosiy uchuvchisi Maks Ferstappen bu safar to‘rtinchi o‘rinda finishga yetib keldi.


Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lando Norris Buyuk Britaniya Gran-prisi g‘olibi bo‘lgani haqida xabar bergan edi.