«Kvarts» yil boshidan beri qariyb 47 mlrd so‘m zarar ko‘rdi

eʼlon qilindi
Yalpi foyda ko‘rsatkichi ikki baravarga oshdi
Foto: Yandex Maps

O‘zbekistondagi shisha mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «Kvarts» kompaniyasi 2025-yilning birinchi yarmida 46,7 milliard so‘m zarar bilan faoliyatini yakunladi. Bu haqda moliyaviy hisobotlarida ma’lum qilindi.

Bu zarar o‘tgan yilgi natijalarga nisbatan 33,5 foizga kamaygan bo‘lsa-da, kompaniyaning umumiy tushumi ham pasaygan.

2024-yilning dastlabki olti oyida tushum 239 milliard so‘m bo‘lgan bo‘lsa, joriy yil bu ko‘rsatkich 197,3 milliard so‘mni tashkil etib, 17,5 foizga kamaygan.

Ammo tushum kamayganiga qaramasdan, kompaniya yalpi foyda ko‘rsatkichini deyarli ikki baravar oshira oldi. 2024-yilgi 19,4 mlrd so‘mga nisbatan, bu yil 42,2 milliard so‘m yalpi foyda qayd etildi. Bu esa 117,8% o‘sish deganidir.

Shuningdek, «Kvarts»ning uzoq muddatli bank kreditlari hajmi 107,3 milliard so‘mga tushgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 45,1 foizga kamaygan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iyul oyi boshidan kompaniya aksiyalari pasaygani haqida yozgandi.

Shuningdek