Yangiliklar

Margʻilonda qiymati 35 million dollarga teng Margilan City Mall qurilishi boshlandi

Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrida umumiy qiymati $35 millionga teng Margilan City Mall & Residence loyihasi qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, majmua tarkibida zamonaviy savdo markazi, atrium, bolalar maydonchalari, yerosti avtoturargohlari hamda 12, 14 va 16 qavatli uylarni oʻz ichiga olgan 785 xonadonli 11 ta turarjoy binosi barpo etilishi koʻzda tutilgan.

Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, nuroniylar hamda quruvchilar ishtirok etdi.

Bundan tashqari, shaharda Burhoniddin Margʻinoniy nomidagi ma’rifiy va turizm majmuasi qurilishi ham boshlangan. Ushbu loyiha doirasida muzey, ilmiy-tadqiqot markazi hamda mehmonxonalar qurilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Margʻilonda 25 ming nafar aholiga moʻljallangan uy-joy qurilishi haqida xabar bergan edi.