Nokia smartfon bozoriga yangi hamkor bilan qaytmoqchi

28-iyul 2025 16:45 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Nokia qaytmoqchi
Nokia yana smartfonlar bozoriga qaytmoqchi / Foto: Nokia

Finlyandiyaning mashhur texnologik brendi Nokia smartfonlar bozoriga yana qaytishni rejalashtirmoqda. Kompaniya hozirda o‘z nomi ostida telefon ishlab chiqarishga tayyor bo‘lgan yirik hamkor izlamoqda.

So‘nggi yillarda Nokia brendi HMD Global kompaniyasi orqali bozorga chiqayotgan edi. HMD ushbu brend nomidan smartfon va tugmachali telefonlar ishlab chiqib, tarqatib keldi. Biroq Android Authority’ning yozishicha, 2026-yilda tugaydigan litsenziya kelishuvi yangilanmasligi mumkin. HMD allaqachon o‘zining yangi brendi ostida qurilmalarni taqdim etishni boshlagan.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, hozirgi yosh avlod orasida Nokia nomi avvalgi yillardagidek mashhurlikka ega emas. Shuning uchun kompaniya smartfon bozoriga jiddiy raqobatbardosh va zamonaviy texnologiyalar bilan qurollangan mahsulot bilan qaytmasa, bu urinish faqat ramziy qadam bo‘lib qolishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nokia 20 dollarlik yangi telefonini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek