Oben Electric iPhone’dan arzon elektromototsiklni taqdim etdi

28-iyul 2025 19:30 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Oben Electric iPhone’dan arzon elektromototsiklni taqdim etdi / Foto: New Atlas

Hindistonlik Oben Electric startapi yangi Rorr EZ elektromototsiklini Amazon India orqali sotuvga chiqardi. Bu haqda New Atlas ma’lum qildi.

Uning boshlang‘ich narxi 129 999 rupiy (taxminan $1550) bo‘lib, bu Hindistonda iPhone 16 Pro Max’dan ham arzon.

Foto: New Atlas

Mototsikl uch xil akkumulyator variantida taklif etiladi: 2,6 kVt⋅soat (110 km), 3,4 kVt⋅soat (140 km) va 4,4 kVt⋅soat (175 km) yurish masofasiga ega. LFP akkumulyatorlari 45 daqiqada 80% gacha zaryadlanadi.

Rorr EZ 7,5 kVt maksimal quvvatli motor, 95 km/soat tezlik va 3,3 soniyada 0 – 40 km/soat tezlanish bilan jihozlangan. Rangli LED displey, Eco, City va Havoc rejimlari, geozonlash, xavfsizlik tizimlari va IP67 himoya kabi funksiyalar mavjud.

Foto: New Atlas

Oben Electric 50 dan ortiq do‘kon va 150 namoyish zalini ochishni rejalashtirmoqda. Qurilma hozircha faqat Hindiston bozorida mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq moped va skuterlarga haydovchilik guvohnomasi talabi 1-oktabrgacha uzaytirilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek