O‘zbekiston 4,75 million dollarlik temiryo‘l sisternalarini eksport qiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xorijga temiryo‘l sisternalarini yetkazib berish bo‘yicha yirik shartnomani amalga oshirmoqda. Umumiy qiymati $4,75 mlnni tashkil qiladi.
Birinchi partiyada 6 ta vagon-sisterna Turkmanistonga yuborilgan. Ular Ege Logistika kompaniyasi bilan tuzilgan $4,45 mlnlik shartnoma asosida yetkazilmoqda. Jami 56 ta vagon topshirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, qozog‘istonlik Kazsink Temir Trans kompaniyasi bilan ham kelishuv tuzildi. Shartnomaga ko‘ra, $301 minglik 10 ta vagon topshiriladi. Ular sulfat kislotasi tashishga mo‘ljallangan.
Ayni paytda «O‘zbekiston temir yo‘llari» mahalliy ishlab chiqarishni ham rivojlantirmoqda. Avgust oyida 115 tonna yuk ko‘tara oladigan yangi samosval vagonlari seriyali ishlab chiqarilishi boshlanadi. Loyihaning umumiy qiymati 501,76 milliard so‘mni tashkil qiladi.
Shuningdek, «Navoiyuran» buyurtmasi asosida ham kislotali sisternalar ishlab chiqarilmoqda. 45 ta vagondan 10 tasi allaqachon ishga tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekistonda uzunligi 26 metrlik kupe va plaskart vagonlar ishlab chiqarilgani haqida yozgan edi.