O‘zbekiston va SOCAR Ustyurtda neft qazib olishga 2 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi

eʼlon qilindi
Kon zaxiralari respublikaning ichki ehtiyojlarini 25 yil qoplashga yetadi
O‘zbekiston va SOCAR Ustyurtda neft qidirish va qazib olishga 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi. Foto: Neftegaz.ru

O‘zbekiston va SOCAR Ustyurtda uglevodorodlarni qidirish va qazib olish uchun $2 milliard sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Adhamjon Ubaydullayev ma’lum qildi.

Kelgusi besh yil ichida istiqbolli hududda ilk qidiruv qudug‘i qaziladi. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, Ustyurt platosidagi jami neft zaxiralari 100 million tonnaga yetadi. Bu hajm respublikaning ichki ehtiyojlarini to‘liq qoplash uchun 25 yilga yetadi.

Bundan tashqari, geologik razvedka hududidagi tabiiy gazning potensial zaxiralari 35 milliard kub metrgacha yetishi mumkin.

24-iyul kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi, Ozarbayjonning davlat neft kompaniyasi SOCAR va «O‘zbekneftgaz» AJ o‘rtasida mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Ushbu hujjat Ustyurt platosida uglevodorod konlarini izlash va ishlab chiqishning huquqiy asosini yaratadi. Ozarbayjon kompaniyasi loyiha operatori sifatida ish olib boradi va qazib olingan resurslarning bir qismini olish huquqiga ega bo‘ladi.

Shunga o‘xshash bitimlar ilgari boshqa konlar bo‘yicha Rossiya kompaniyalari bilan ham imzolangan. Ustyurt hududida neft va gaz qazib olishda Britaniyaning BP kompaniyasi ham ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Biroq 2021-yilda BP uglevodorod qazib olishga doir yirik investitsiyalardan voz kechish qarorini qabul qilib, loyihadan chiqib ketgan.

Bundan oldin Kursiv Uzbekistan Qoraqalpog‘istondagi kondan gaz sizib chiqqani haqida yozgandi.

Shuningdek