
O‘zbekistonda yashiltamojnya.uz nomli yangi onlayn platforma ishga tushdi. U yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar kontrabandasiga qarshi kurashishda yordam beradi. Platformaning taqdimoti Green Universityda bo‘lib o‘tdi.
Sayt Ekomaktab ekologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Loyiha Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ko‘magida amalga oshirilgan.
yashiltamojnya.uz orqali bojxona va chegara xodimlari hayvonlar va o‘simliklarning CITES konvensiyasiga muvofiqligini va hujjatlarning mavjudligini tezda tekshira oladi.
Bu, ayniqsa, noyob hayvonlarni uy hayvoni sifatida olib kirishga urinishlarda juda muhimdir.
Tadbir davomida Ekologiya vazirligi, Green University, Ekomaktab va malaka oshirish markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hujjat ekologiyani muhofaza qilish, IT-loyihalar ishlab chiqish va ekologik ma’rifatni oshirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni nazarda tutadi.
Avvalroq Chirchiqdan noqonuniy shag‘al qazib olgan fuqaro olti yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida yozgan edi.