Yangiliklar

Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

28-iyul kuni
yomg‘ir va momaqaldiroq
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda / Foto: Kajetan Sumila / Unsplash

Dushanba, 28-iyul kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +25…+30° atrofida bo‘ladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Toshkentda havo +35…+37° gacha isiydi. Shamol tezligi 3–8 m/s bo‘ladi, ba’zan 12–14 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Hududlarda esa harorat +32…+37° atrofida saqlanadi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Avvalroq Janubiy Koreyada kuchli yomg‘ir qurbonlari soni 14 nafarga yetgani haqida yozgan edik.