Endi paxta yetishtirish uchun olingan kreditlar qisman subsidiya bilan qoplanadi

eʼlon qilindi
Nizom tasdiqlandi
Paxta uchun ajratilgan kreditlarning foiz to‘lovlari qisman subsidiyalanadi. Foto: Pexels.com

Hukumat qarori bilan joriy yil 24-iyulda paxta yetishtirishga ajratilgan kreditlarning foiz to‘lovlarini qisman subsidiya qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar to‘liq qaytargan qishloq xo‘jaligi subyektlariga foiz to‘lovlarining bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi.

Nizomda belgilanishicha, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan ajratilgan ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 4 foiz punkti subsidiya tariqasida qoplab beriladi. Buning uchun kredit va unga hisoblangan foizlar hosil yilining 31-dekabriga qadar to‘liq qaytarilgan bo‘lishi lozim.

Arizalar tijorat banki bosh ofisining subsidiya.mf.uz portali orqali yuboriladi. Barcha ma’lumotlar portalga kiritilgach, ajratiladigan subsidiya miqdori avtomatik tarzda hisoblab chiqiladi. Subsidiyani olish uchun soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik bo‘lmasligi kerak. Talablar bajarilgach subsidiyalangan mablag‘lardan erkin foydalanish mumkin bo‘ladi.

Bundan oldin Kursiv Uzbekistan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli boshlangani haqida yozgandi.

Shuningdek