
Redmi 15 smartfonining 4G versiyasi haqida ma’lumotlar internetda paydo bo‘ldi. Bu haqda 4pda nashri xabar bermoqda.
Mazkur model 5G versiyasiga o‘xshash dizaynga ega bo‘ladi, lekin Snapdragon 6s Gen 3 o‘rniga boshqa 8 yadroli protsessor bilan jihozlanadi.
Yangi modelda asosiy kamera 108 MP, (oldingi 50 MP o‘rniga), old kamera esa 13 MP (avval 8 MP edi) bo‘ladi. Ekran 6,9 dyuymli IPS displey, Full HD+ bilan jihozlanadi.
Smartfon 7000 mA·soatli batareyaga, yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneriga, ikkita SIM-karta, Wi-Fi, Bluetooth 5.2, NFC va microSD uchun slotga ega bo‘ladi.

Korpus o‘lchami 171 x 82 x 8,6 mm, og‘irligi esa 224 grammni tashkil qiladi. Qurilma IP64 standarti bo‘yicha chang va suv tomchilariga chidamlidir.
Renderlarda telefon qora, binafsha va qum ranglarida ko‘rsatilgan. Yevropada 8/256 GB versiyasi taxminan 185 yevro narxda sotuvga chiqishi kutilmoqda. Brend hozircha bu modelni rasmiy e’lon qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Redmi 15 5G smartfoni haqida yangi tafsilotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.