Redmi Note 14 SE 5G taqdim etildi – narx

28-iyul 2025 18:43 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Redmi Note 14 SE 5G taqdim etildi: narx / Foto: Moneycontrol

Redmi yangi Note 14 SE 5G smartfonini rasman taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.

Qurilma 6 GB operativ xotira va 128 GB ichki xotiraga ega bo‘lib, uning narxi atigi $175 ni tashkil etadi. Smartfon 6 nanometrli MediaTek Dimensity 7025 Ultra protsessorida ishlaydi hamda Android 15 asosidagi HyperOS operatsion tizimi bilan boshqariladi.

Foto: Gizmochina

Asosiy kamera 50 MP Sony LYT-600, 8 MP va 2 MP datchiklardan iborat, old kamera esa 20 MP. Smartfon 5110 mA·soat batareyaga ega bo‘lib, 45 Vt quvvatda zaryadlanadi.

Smartfonning boshqa xususiyatlari orasida IP64 darajasidagi chang va namlikdan himoya, ekran ostiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, infraqizil port, 3.5 mm quloqchin uchi hamda stereodinamikalar mavjud. Qurilmaning og‘irligi 190 grammni, korpus qalinligi esa atigi 7,99 millimetrni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Redmi 15 4G smartfoni haqida yozgan edik.

Shuningdek