Samsung Galaxy S25 Edge smartfonining yangi varianti taqdim etildi
eʼlon qilindi

Samsung Galaxy S25 Edge modeli rasmiy ravishda Galaxy S25+’ning soddalashtirilgan versiyasi sifatida taqdim etildi. 4pda nashrining yozishicha, ular orasida sezilarli farqlar borligini aniqlagan.
Galaxy S25 Edge 27 grammga yengilroq va 1,5 mm ga yupqaroq. Eng katta farq akkumulyator og‘irligida bo‘lib, S25 Edge’dagi batareya S25+’nikiga qaraganda 12,36 grammga yengil.

Shuningdek, qurilmaning markaziy ramkasi alyuminiydan tayyorlangan. Bu ham vaznni 2,8 grammga kamaytirgan.
Yana bir nechta qismlarning ham og‘irligi kamaytirilgan.
Galaxy S25 Edge nafaqat yengilroq, balki yanada yupqaroq shaklda taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Galaxy S27 Ultra’ning kamerasi haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.