Andijonda Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa maktabi tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Milliy qo‘shiq tanlovlari ham
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa maktabi tashkil etiladi / Foto: Wikipedia

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at, shuningdek, hunarmandchilikni rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda ushbu sohalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish, xalqaro tajribani joriy etish va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.

Xususan, davlat-xususiy sheriklik asosida madaniyat markazlari faoliyati kengaytiriladi, yoshlarning vatanparvarlik ruhini kuchaytiruvchi tarixiy va animatsion mahsulotlar yaratiladi. Botir Zokirov nomidagi estrada instituti faoliyati yanada rivojlantiriladi, Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa maktabi va milliy qo‘shiq tanlovlari tashkil etiladi.

Hududlarda simfonik orkestrlar tuzilib, xalq orasida san’atni targ‘ib qilish uchun gastrol safarlari yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, kreativ iqtisodiyotni ikki baravarga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, hunarmandchilik uning muhim tarmog‘i sifatida belgilangan.

Toshkentda Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda hunarmandlar uchun akademik platforma yaratiladi, Buxoroda esa zamonaviy san’at biyennalesi o‘tkaziladi. Nukusda «Istiqlol» bog‘ida kreativ klaster va Orol maktabi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq San’at va madaniyat instituti WURI 2025 reytingida Top – 100 talikdan joy olgan edi.

Shuningdek