«SSKA» direktori Fayzullayevning transferi haqida gapirdi

28-iyul 2025 09:55 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Abbosbek Fayzullayev
Foto: «Birinchi sport» Telegram-kanali

Moskvaning SSKA klubi direktori Kirill Breydo Abbosbek Fayzullayevning Turkiyadagi faoliyati haqida izoh berdi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi «Bashakshehir» klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgan.

«Abbos tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Hozir tomonlar moliyaviy jihatlar bo‘yicha yakuniy kelishuv bosqichida. Yaqin kunlarda rasmiy e’lon bo‘ladi», – dedi Breydo.

Shuningdek, bosh murabbiy Fabio Chelestini ham Abbos jamoani tark etganini tasdiqladi.

«Muxin va Fayzullayev endi bizning jamoamizda emas. Bu haqiqat», – dedi murabbiy.

Fayzullayev 2023-yilda «Paxtakor»dan «SSKAga o‘tgan va qisqa vaqt ichida jamoaning asosiy tarkibiga kirgan edi. Endilikda u faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abbosbek Fayzullayev «Bashakshehir»da yiliga bir mln yevro maosh olishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek