Avto

Tesla o‘zining eng arzon elektromobilini taqdim etdi

U Model Y’ning soddalashtirilgan versiyasi
Tesla Model Y
Tesla eng arzon avtomobilini taqdim etdi / Foto: DrivingElectric

Tesla kompaniyasi o‘zining kompaniya tarixidagi eng arzon elektromobilini namoyish etdi. Bu haqda texnologiyalarga ixtisoslashgan ITHome nashri xabar bermoqda.

U Model Y’ning soddalashtirilgan versiyasi bo‘lib, narxni pasaytirish maqsadida bir qancha o‘zgarishlar kiritilgan. Yangi versiyada panoramali oyina tom olib tashlangan. Markaziy podlokotnik oldida katta bo‘shliq paydo bo‘lgan. Harakatlanish rejimlari ekrandagi tugma orqali boshqarishda qoladi.

Mashinaning salonidan oldingi LED chiziqli chiroq ham olib tashlangan. Faralar biroz yuqoriroqqa ko‘tarilgan. Dizayni, asosan, Model 3’ga o‘xshash bo‘ladi, lekin orqa chiroqlar ham yangilangan.

Foto: ITHome

Modelning ilk suratlarni e’lon qilindi. Unda o‘rindiqlar va eshik qismlari maxsus matolar bilan yopilgan.

Avvalroq Ilon Mask bu yangi model emasligini, balki mavjud Model Y’ning arzonroq talqini bo‘lishini tasdiqlagan edi.

Foto: ITHome

Yangi arzon Model Y bozorda yil oxirigacha paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tesla Los-Anjelesda avtokinoteatr va quvvatlash stansiyasini ochgani haqida yozgan edi.