Tramp va Yevroittifoq oʻrtasida yangi savdo kelishuvi e’lon qilindi

AQSh prezidenti Donald Tramp Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan oʻtkazilgan muzokaralardan soʻng AQSh va Yevroittifoq oʻrtasida muhim savdo bitimi imzolanganini e’lon qildi.
Bitimga koʻra, Yevroittifoq AQShdan umumiy qiymati $750 milliardga teng boʻlgan energetika resurslarini xarid qiladi. Bundan tashqari, Yevropa kompaniyalari AQSh iqtisodiyotiga $600 milliardlik sarmoya kiritishni rejalashtirgan.
Tramp, shuningdek, Bryussel harbiy texnika xaridlarini ham «katta hajmda» amalga oshirishini ta’kidladi. Ushbu kelishuv natijasida Yevroittifoq avval Tramp tomonidan tahdid qilingan 30 foizlik boj stavkalaridan xalos boʻladi.
Yangi bitim shartlariga binoan AQSh Yevropa mahsulotlariga 15 foizlik boj joriy qiladi. Bu, ayniqsa, avtomobillar va ehtiyot qismlar eksportiga taalluqli. Bungacha bu mahsulotlar uchun boj 25 foiz boʻlgan.
Trampning aytishicha, Yevroittifoq esa AQShdan import qilinadigan mahsulotlarga boj qoʻllamaydi. Bu esa ikki tomonlama savdo aloqalarini yanada soddalashtirishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevroittifoq AQSh mahsulotlariga 30 foizlik boj joriy etmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi.