UzAuto Motors bank orqali avtomobil xaridiga oid shikoyatlarga munosabat bildirdi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan UzAuto Motors kompaniyasi rasmiy munosabat bildirdi
Illyustratsiya: ChatGPT

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet avtomobillarini tijorat banklari orqali xarid qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan UzAuto Motors kompaniyasi rasmiy munosabat bildirdi.

Kompaniya ma’lumotiga koʻra, 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas modellari uchun tijorat banklari orqali xarid qilishning yangi mexanizmi ishga tushirilgan. Bu tizim sinov tariqasida joriy etilgan boʻlib, xaridorlar tomonidan katta qiziqish uygʻotgani sababli doimiy asosda qoʻllanilmoqda.

Yangi mexanizmga koʻra, xaridorlar endilikda avtomobillarni 20 foizdan boshlab boshlangʻich toʻlov bilan, foizsiz boʻlib toʻlash sharti asosida xarid qilishlari mumkin (avval bu koʻrsatkich 50 foiz edi). Shuningdek, rasmiylashtirish jarayoni soddalashtirilgan va tezlashtirilgan.

Hozirda mazkur xizmatlar «Kapitalbank», «Tenge Bank» va «Asakabank» orqali amalga oshirilmoqda. Kompaniyaning qayd etishicha, kelgusida hamkor banklar soni kengaytiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston avtomobil bozori 2025-yil iyul oyida 3 foizga oʻsgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek