Yangiliklar

Xitoylik investorlar Farg‘onada 20 million dollarlik armatura zavodi quradi

Korxona Toshloq tumanida barpo etiladi
armatura
Xitoylik investorlar Farg‘onada armatura zavodi quradi / Foto: roman023 /www.depositphotos.com

Xitoylik sarmoyadorlar Farg‘ona viloyatida armatura, sim va metall burchaklar ishlab chiqarish zavodi qurilishiga $20 mln sarmoya kiritadi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuvda tomonlar qurilish ishlarini boshlashga kelishib olishgan.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Toshloq tumanidagi «Taraqqiyot» kichik sanoat zonasida loyiha amalga oshirilishi va qurilish ishlarini boshlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Avvalroq Margʻilon shahrida umumiy qiymati $35 millionga teng Margilan City Mall & Residence loyihasi qurilishi boshlangani haqida yozgan edik.

Majmua tarkibida zamonaviy savdo markazi, atrium, bolalar maydonchalari, yerosti avtoturargohlari hamda 12, 14 va 16 qavatli uylarni oʻz ichiga olgan 785 xonadonli 11 ta turarjoy binosi barpo etilishi koʻzda tutilgan.