Davlat xavfsizlik xizmati bir qator korrupsion holatlarni fosh etdi

eʼlon qilindi
Barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
$21 ming qiymatdagi korrupsion holatlar fosh etildi / Foto: Sun’iy intellekt

Namangan viloyatida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi inspeksiyasining bosh mutaxassisi mahkumni ozodlikka chiqarish uchun $30 ming pora talab qilgani aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

U tezkor tadbirda $10 ming olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Qolaversa, ushbu shaxs ilgari ham firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlari uchun bir necha bor sudlangan.

Yana bir holatda mol-mulklarni baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbari tanishlari orqali 783 mln so‘mlik soliq qarzdorligini 141 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga $4,4 ming olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan. Shuningdek, ushbu porani olgan viloyat soliq boshqarmasi shuba boshlig‘i ham ushlandi.

Shuningdek, Toshkentda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga pasport va doimiy ro‘yxatga qo‘yish xizmatini $1,2 ming evaziga va’da qilgan hokimlik vakili hamda Qashqadaryoda qarz undirmaslik evaziga $1 ming pora olgan davlat ijrochisi ham qo‘lga olingan. Hozirda barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurash qat’iy davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda soliq inspeksiyasi xodimi pora bilan qo‘lga tushgan edi.

Shuningdek