Yangiliklar

AQSh Kongressi Xitoyga qarshi yangi qonun loyihalarini tayyorlamoqda

Trampning Xitoy bilan savdo aloqalarini rivojlantirish harakatlari fonida
AQSh Kongressi Xitoyga qarshi yangi qonun loyihalarini tayyorlamoqda / Foto: TRT

AQSh Demokrat va Respublikachilar partiyasi senatorlari Xitoyga nisbatan bosimni kuchaytirishga qaratilgan uchta yangi qonun loyihasini Kongressga taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Ular uyg‘urlar, Tayvan va xorijdagi siyosiy faollarga bosimlar bo‘yicha xavfsizlik hamda inson huquqlarini himoya qilishni ko‘zda tutadi.

Bir loyiha uyg‘urlarni majburan deportatsiya qilgan Xitoy amaldorlariga AQShga kirishni taqiqlaydi. Ikkinchisi Tayvanni qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlarga yordam ko‘rsatishni taklif qiladi. Uchinchi loyiha esa xorijdagi muxoliflar va jurnalistlarga bosim o‘tkazayotgan davlatlarga qarshi choralarni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank va Xitoy moliyaviy boshqarmasi bank nazorati boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻygan edi.