
Asaka tumanidagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi og‘ir tan jarohati olgan. Bundan tashqari, stansiya hududida Labo avtomobili to‘liq yonib ketgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, tergov davom etmoqda.
Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish uch yilgacha qamoq jazosiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, sudlar uch yilgacha shartli jazo yoki axloq tuzatish ishlari yoxud jarima jazosini tayinlashi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chorvoqda yana yong‘in chiqqani rad etilgani haqida xabar bergan edi.