
Avstraliyaning Sidney shahrida 2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi uchun qur’a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda 12 ta terma jamoa uchta guruhga boʻlindi.
Musobaqada 23 yillik tanaffusdan soʻng qaytayotgan Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi kuchli raqiblar bilan bir guruhdan joy oldi. Ya’ni «B» guruhida amaldagi chempion Xitoy, shuningdek, KXDR va Bangladesh terma jamoalari bilan bellashadi.
Qur’a natijasiga koʻra guruhlar quyidagicha shakllandi:
- A guruhi: Avstraliya, Janubiy Koreya, Eron, Filippin;
- B guruhi: KXDR, Xitoy, Oʻzbekiston, Bangladesh;
- C guruhi: Yaponiya, Vyetnam, Hindiston, Xitoy Taypey.
Ma’lumot uchun, musobaqaning final bosqichi 2026-yil 1–21-mart kunlari Avstraliyada oʻtkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi saralash bosqichini guruhda 1-oʻrinda yakunlab, penaltilar seriyasidagi gʻalaba orqali Osiyo Kubogining final bosqichiga yoʻllanma olgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «JCh – 2026» saralashi: 4-bosqich qur’asi o‘tkazilgani haqida yozgandi.