Lifestyle

Azizbek Turgʻunboyev «Paxtakor»ga qaytdi

2026-yil 31-dekabrgacha mo‘ljallangan 1,5 yillik shartnoma imzolangan
Foto: O‘FA

Oʻzbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Azizbek Turgʻunboyev «Paxtakor» klubiga qaytdi. Bu haqda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Turgʻunboyev bilan 2026-yil 31-dekabrgacha moʻljallangan 1,5 yillik shartnoma imzolangan.

Futbolchi 2021 – 2023-yillar oraligʻida ham «sherlar» safida toʻp surgan va jamoa bilan bir necha bor Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan edi.

Uning soʻnggi jamoasi Turkiya Superligasining «Sivasspor» klubi boʻldi. Oʻtgan mavsumda u ushbu jamoa safida 33 oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abbosbek Fayzullayev Turkiyaning «Bashakshehir» klubiga oʻtgani haqida yozgandi.