Yangiliklar

Bir guruh rahbarlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Hududlar rivojiga qo‘shgan hissasi uchun
Bbir guruh rahbarlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi / Foto: Facebook

Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan, Asaka tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shgan hissasi, samarali tashkiliy faoliyati va xalq manfaatlariga xizmat qilganligi uchun bir guruh rahbarlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Do‘stlik» ordeni bilan Asaka tumani hokimi Mo‘minov Nasibulla Nabiyevich mukofotlandi.

«Jasorat» medali bilan tuman prokurori Mirzakarimov Akmaljon, IIB boshlig‘i Nazirov Shoxruxbek va soliq inspeksiyasi boshlig‘i Raximov Ilxomjon taqdirlandi.

Shuningdek, prezident administratsiyasi mas’ul xodimi Nabiyev Farxodga «Shuhrat» medali topshirildi.

Mukofotlar «Islohotlar shtabi» faoliyati samaradorligi, infratuzilmani rivojlantirish va aholi farovonligi yo‘lidagi xizmatlar uchun berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident davlat idoralari faoliyatini jinoyatlar oldi olingani bilan baholash kerakligi haqida aytgan edi.